Institut haqida

Awesome Image
Awesome Image
Awesome Image
Awesome Image

1977

Tashkil
topgan yil
Ma`lumot

AKADEMIK O. S. SODIQOV NOMIDAGI BIOORGANIK KIMYO INSTITUTI

Institut O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarkibiga kiradi va bioorganik kimyo, tabiiy birikmalar, dorivor moddalar hamda biologik faol birikmalarni o‘rganishga ixtisoslashgan. Bu yerda o‘simliklar, mikroorganizmlar va hayvonot manbalaridan olinadigan moddalarning tuzilishi, xossalari va ta’sir mexanizmlari chuqur tahlil qilinadi.

LOYIHALAR

Institutda respublika ilmiy-tadqiqot loyihalari doirasidagi fundamental, amaliy, innovatsion va yosh olimlar loyihalari bilan birgalikda xalqaro doiradagi O'zbekiston-Rossiya ilmiy loyihalari amalga oshirilib kelinmoqda

ISHLANMALAR

Original dori preparatlari yaratildi va ularni tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun ruxsat olindi

Institutning noyob ilmiy obyektlari

Institutda noyob ilmiy asbob-uskunalardan foydalanib tajriba ma’lumotlarini yig‘ish bo‘yicha xizmatlarni amalga oshiradi

0

Xodimlarning umumiy soni

0

Ilmiy xodimlar

0

Xodimlarning o`rtacha yoshi

Ilmiy tadqiqotlarning
asosiy yо‘nalishlari

Sintetik usulda hamda hayvon va о‘simlik xom ashyosi asosida oldindan belgilangan xossali yuqori samarali biologik faol birikmalar yaratish (ajratish, sintez, modifikatsiya)

Biologik faol birikmalar ta’sir mexanizmini hujayra va molekulyar darajada о‘rganish hamda ularning ta’sir etuvchi istiqbolli nishonlarini ochib berish

Dori preparatlari, oziq-ovqat mahsulotlari va о‘simliklarni himoya qilish kimyoviy vositalari bioxavfsizligini baholashning sertifikatlangan usullarini ishlab chiqish

Tabiiy biologik faol birikmalar tuzilishi va funksiyasini tadqiq etish hamda ularning skriningi

Qishloq xо‘jaligi ekinlari rivojlanish jarayonlariga biotik va abiotik ta’sirlar vaqtida о‘simlik fitoimmuniteti induksiyasi molekulyar mexanizmlarini tadqiq etish va kо‘payishi, о‘sishi hamda rivojini maqsadli boshqarish uchun samarali birikmalarni yaratish

Original dori vositalarini yaratish va generik dori preparatlari ishlab chiqarishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish

Hayvon va о‘simlik xom ashyosi mahsulotlarini ilmiy intensiv qayta ishlash texnologiyalarini yaratish va о‘zlashtirish

Ekologik xavfsiz bо‘lgan о‘simlik о‘sishi stimulyatorlari, о‘simlik va qishloq xо‘jaligi mahsulotlarini himoya qilish vositalarini yaratish

Potensial biologik faol birikmalarning maqsadli modifikatsiyasi

Dori preparatlari bioxavfsizligini baholash usullarini ishlab chiqish

Meet Our Team

People behind our success

Ian Hudson

Founder Director

Lillian Stella

Technical Director

Bret Ke Danielle

genetic Specialist

Alberto Da Silva

Senior Technician